Главная » 2020 » Март » 3 » Qodirov Trampning “Asr kelishuvi”ga keskin baho berdi
19:56

Qodirov Trampning “Asr kelishuvi”ga keskin baho berdi


AQSH Prezidenti Donald Trampning "Asr kelishuvi" deb nom olgan Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish rejasi butun musulmon olamiga qarshi jinoyat. Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Falastin rahbarining maslahatchisi, mamlakatning oliy sudyasi Mahmud al-Xabash bilan uchrashuvdan so‘ng yozib qoldirdi.

"Uchrashuv chog‘ida men xalqaro qonunlarni qo‘pol ravishda buzadigan va butun musulmon olamiga qarshi jinoyat bo‘lgan “Asr kelishuvi"ni qoraladim. Mahmud al-Xabash va men musulmon mamlakatlaridagi nizolar G‘arbning bevosita ishtirokida qizib, kengaymoqda degan fikrda edik”, deydi Qodirov. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim musulmon davlatlari rahbarlarining birdam emasligi "Yaqin Sharqdagi inqirozning avj olishiga yaxshi zamin yaratadi".

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida al-Xabash Falastinda "Checheniston" nomli masjid qurmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя