Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Qohirada portlash. 6 nafar polisiyachi halok bo‘ldi
17:42

Qohirada portlash. 6 nafar polisiyachi halok bo‘ldi


9 dekabr kuni Misr poytaxti Qohiradagi Giza ehromiga olib boruvchi Al-Haram ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Misr huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida 6 nafar polisiya xodimi halok bo‘ldi, yana yetti nafar odam jarohat olgan. Bu haqda “Rosbalt.ru” xabar bermoqda.
 
Aniqlanishicha, jarohat olganlarning 3 nafari polisiyachi, 4 nafari mahalliy aholi vakili hisoblanadi.
 
Portlash Al-Haram ko‘chasidagi nazorat-punkitida sodir bo‘ldi. Portlovchi qurilma polisiya mahkamasi yonidagi chiqindi qutisiga yashirilgan ekan, deyiladi xabarda.
 
Odatda, portlash sodir bo‘lganidan so‘ng, qaysidir terroristik guruh uyushtirilgan portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olar va portlash uyushtirishdan maqsadini ma’lum qilar edi. Lekin hozircha ushbu portlash uchun javobgarlikni hech bir terrorchi o‘z zimmasiga olmagan.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: portlash, halok bo‘ldi, Qohirada, polisiyachi, 6 nafar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя