Главная » 2020 » Январь » 3 » Qonuniy narkotika: burunga tomizadigan dorilariga qaramlikdan qanday qutilish mumkin?
22:28

Qonuniy narkotika: burunga tomizadigan dorilariga qaramlikdan qanday qutilish mumkin?


Bitib qolgan yoki oqib ketayotgan burun bilan yurish qanchalik daxshatli ekanini faqat boshidan o‘tkazganlar biladi. Bunday vaqtda dorixonada qator tizilib turadigan burun tomchisi dorilari jonimizga ora kiradi. Biroq bunday dorilardan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan vaqt (5-7 kun)dan ko‘p foydalanish doimiy qaramlikka olib keladi. Natijada inson xuddi narkotik qabul qiladiganlarga o‘xshab, bu dorilarsiz tura olmaydigan bo‘lib qoladi.

Qaramlik qanday yuzaga keladi?

Odam shamollaganda burunning qon tomirlari va kapillyarlari pastki burun konusida kengayadi. Bu shilliq qavatning shishishiga olib keladi va nafas olish yo‘llarini bloklaydi. Bu vaziyatda tomchi dorilar qutqaruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Ularga qaram bo‘lib qolishga esa bir necha omillar sabab bo‘ladi. 

Vaqt omili

Bunday dorilarga o‘rganib qolishning eng birinchi omili preparatni tavsiya etilgan kundan ko‘proq vaqt davomida ishlatishdir. Bu preparatning ta’sir qilish kuchi sustlashishiga olib keladi. Natijada kunlar o‘tgani sari odamlar doridan ko‘proq sepishga majbur bo‘lib qolishadi. Oqibatda uni doimiy hamrohlariga aylantirib olishadi. 
Bundan tashqari tomchilarni doimiy ravishda ishlatish, nam bo‘lishi kerak bo‘lgan burun shilliq qavatini quritib yuboradi. Tanada kompensatsion mexanizmlar faollashadi: shilliq qavatni yaxshiroq oziqlantirish uchun qon tomirlari kengayadi, shilimshiq hosil bo‘ladi, lekin burun orqali nafas olganda ortiqcha yig‘ilgan shilliq qavati quriydi va yanada ko‘proq qobiq hosil qiladi.

Jismoniy omil

Har qanday burun tomchisi dorilarining asosida adrenalin bo‘ladi. Aynan u tifayli burundagi shilliq qavati kamayadi, ya’ni burun yo‘llari ochilib odam erkin nafas ola boshlaydi. Lekin doridan doimiy ravishda foydalanish oqibatida organizmning o‘zi bu garmonni ishlab chiqara olmay qoladi. Natijada odam “tashqi” adrenalin dozalarini olishga majbur bo‘lib qoladi. 

Psixologik omil

Burunga tomiziladigan dorilarni uzoq vaqt davomida ishlatish ko‘pincha psixologik qaramlikka olib keladi – bemorda nafas olish muammosi bo‘lmaganda ham preparatni ishlatgisi kelaveradi. 

Fiziologik omil

Burunning doimiy bitishi va shishishi tananing fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqishi mumkin. Masalan, burun suyagining egriligi surunkali gipertrofik rinitga, shuningdek vazomotor rinitga olib kelishi mumkin.

Qaramlikdan qutilishning oson yo‘li

1.  Bu muammodan qutilish uchun eng avvalo burun,tomoq, quloq (LOR) shifokoriga murojaat qilish kerak (bunday vaqtda malakali shifokorga murojaat qilish zarur. Chunki ko‘pchilik shifokorlar bu vaziyatda bilib-bilmasdan burun suyagi qiyshiq degan tashxis qo‘yishadi va operatsiya qilish kerakligini aytishadi). Shifokor mazkur vaziyatni aniqlash uchun tekshiruv (rentgen qiladi yoki kompyuter tomografiyasini amalga oshiradi. Eslatib o‘tamiz bunday tekshiruvlar homilador ayollar uchun ham zararsiz hisoblanadi) o‘tkazib, to‘g‘ri davo muolajasini tavsiya qiladi. 

2.  Ikkinchi yo‘li tomchi dorilardan butunlay voz kechish. Bemor o‘tkir rinitga chalingan bo‘lsa ham shunday qilishi kerak. Lekin bu oson bo‘lmaydi. Chunki tomchi dorilardan birdaniga voz kechib bo‘lmaydi. Agar shunday qilinsa, bemor umuman nafas ololmay qolishi mumkin. 

Bu odatdan qutilish uchun avvaliga dozalarni kamaytirish kerak. Bunda birinchi bo‘lib dori vositasini bolalar uchun mo‘ljallangan burun tomchi dorilariga almashtirish lozim, chunki ularda aktiv konsentratiya vositalari ikki barobar kam bo‘ladi. Keyinroq esa dengiz tuzi suvi bilan burunni chayib turish kerak. Ana undan keyin shifokor tavsiya qilgan yo‘l bilan burunni yuvib turish kerak bo‘ladi. 

Ambulator va jarrohlik muolajalari

Agar yuqorida ko‘rsatilgan usullar yordam bermasa va tomchilarsiz umuman nafas olib bo‘lmayotgan bo‘lsa, dori vositalarini burun bo‘shlig‘ining yuqori qismiga yuborish kerak bo‘ladi. Bu tezlik bilan shishishni kamaytiradi va yallig‘lanishni olib tashlashga imkon beradi. Muolaja natijasi 6 oydan bir yilgacha davom etishi uchun 5-6 martalik amaliyot yetarli bo‘ladi.

Agar bemor bir necha yildan beri tomchi dorilar ishlatayotgan bo‘lsa, unda surunkali rinit kasalligi bilan birga burun suyagi qiyshayishi ham yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda yagona davo chorasi operatsiyadir. 

Operatsiya turlari

Jarrohlik amaliyoti radioto‘lqinlar yordamida amlaga oshirilib, tashqi shilliq qavat shikastlanmaydi va operatsiya qonsiz va ambulatoriya sharoitida amalga oshiriladi;

Lazerli operatsiya. Bunda shilliq qavatning qon tomir qatlami lazer yordamida kuydiriladi. Bu jarohlik amaliyoti qonsiz amalaga oshirilishi natijasida operatsiyadan keyin bemor darrov uyiga ketishi mumkin bo‘ladi. Ammo, afsuski, bu usul radioto‘lqinli operatsiyadan yomonroq hisoblanadi. Chunki jarrohlik amaliyotidan keyin bir qancha muolajalar qilishga to‘g‘ri keladi.   

Ultratovushli operatsiya. Bu usul eng qadimiylaridan hisoblanadi. Operatsiya jarayoni qiyin kechganligi uchun jarrohlik amaliyotidan keying davr unchalik oson bo‘lmaydi. 

Albatta, har qanday operatsiya faqat tekshiruvdan so‘ng, shifokor buyurganidan keyingina amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda burun tomchisi dorilariga qaramlikni davolashning samarali usullari ishlab chiqilgan. Asosiysi, muammoni o‘z vaqtida aniqlash va yaxshi LOR shifokoridan maslaxat olish kerak. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя