Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Qor yogʻganda nega hamma yoq jim-jit boʻladi?
10:19

Qor yogʻganda nega hamma yoq jim-jit boʻladi?


Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, qor yog‘ganda koʻchalar jim-jitdek tuyuladi. "Qor sukunati"ni sevmaydigan inson boʻlmasa kerak. Xoʻsh, nega qor yogʻganda hamma yoq jim-jit boʻlib qoladi?

Qor — muz kristallarning birikishidan hosil boʻladi va yangi tushayotgan qor parchalari havoda harakatli qatlam hosil qiladi. Buni havoda muallaq turadigan muz “devorlari” deb tushunish mumkin. Bu “devorlar” havoda tarqalgan tovush toʻlqinlarini maʼlum darajada toʻsib qoladi.

Tovushlar havoda bosim toʻlqinlarini hosil qiladi. Bu toʻlqinlarning toʻqnashuvlari tufayli tovushlar maʼlumoti molekuladan molekulaga oʻtib, uzoq masofalarga tarqaladi. Qor parchasidagi gʻovaklar esa havoda tarqalgan tovush energiyalarini aks ettirish oʻrniga, ularni oʻzida tutib qoladi. Shu sababdan ham bizga yetib kelishi kerak boʻlgan tovushlar yoʻlda “ushlanib qoladi”.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя