Главная » 2020 » Апрель » 25 » Qoraqalpog‘istonda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
15:10

Qoraqalpog‘istonda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi  yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 1 nafari Farg'ona viloyatidan, 9 nafari Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan  bo‘lsa, Qo'ng'irot va Kegeyli tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 42 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 19 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 29 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 689  nafarga yetdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qoraqalpog‘istonda, Bemor, koronavirusdan tuzaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя