Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Qorbobo qariyalar uyiga «ajal urug‘i»ni sochib ketdi
20:40

Qorbobo qariyalar uyiga «ajal urug‘i»ni sochib ketdi


Joriy yil 14-dekabr kuni qorbobo qariyalar uyida bir qancha odamga koronavirus yuqtirgani haqida xabar bergandik.

Koronavirusga chalingan Santa-Klaus Belgiyadagi qariyalar uyiga tashrif buyurgandan so‘ng muassasadagi 18 nafar odam yangi turdagi infeksiya oqibatida kelib chiqqan asoratlar tufayli vafot etdi, deya xabar berdi «Daily Mail».

Gazetaning yozishicha, pansionat ma’muriyati qariyalar uyidagi bayramdan uch kun o‘tgach «sehrgar»ning kasalligidan boxabar bo‘lishgan. Ma’lumki, uning tashrifidan so‘ng 121 nafar qariya va 36 ta xodim kasallikka chalingan.

Vaziyatni sharhlar ekan, Belgiyaning yetakchi virusologlaridan biri bitta odamning shuncha odamga virusni yuqtirishiga shubha qilmoqda.

Uning fikriga ko‘ra, ommaviy kasallanishga binolarda shamollatish tizimining yomonligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, u pandemiya sharoitida yopiq joylarda gavjum odamlar davrasida katta bayram tadbirlarini o‘tkazishni qattiq qoralagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qorbobo, sochib, qariyalar uyiga, Urug‘i, Ajal | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя