Главная » 2020 » Декабрь » 26 » “Qornim och holda konsert berardim”. Hamdam Sobirov hamma “yulduz”lar ham boy emasligi haqida gapirdi (video)
14:22

“Qornim och holda konsert berardim”. Hamdam Sobirov hamma “yulduz”lar ham boy emasligi haqida gapirdi (video)


“Mango” guruhining a’zosi, xonanda va bastakor Hamdam Sobirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Hamdam Sobirov “Mango” guruhida mashhurlikka erishgan davrida oilasiga moddiy yordam bera olmagani, konsert dasturlarida qorni och holatda qo‘shiq aytgani haqida so‘zlab berdi.

Onam “Mango”da chiqqanimni televizorda ko‘rganlar, juda xursand ham bo‘lganlar. Lekin mening “Mango”da chiqishim hayotimizga hech qanday o‘zgartirish olib kelolmagan. Iqtisodiy jihatdan oilamiz qiyin vaziyatga tushib qolganda, men olib chiqib ketolmaganman.

Masalan, shunday vaziyatlar bo‘lib qolganki, hatto oilamga kerak bo‘lganida 100 ming so‘m ham topib berolmadim. Lekin o‘sha payt “Mango” guruhida qo‘shiq aytardim. Hamma taniydi, men bilan muxlislar rasmga tushadi. Tasavvur qiling, konsertda hamma men bilan rasmga tushyapti, menga “Sen zo‘rsanda, hech kimni pisand qilmaysan”, deyishyapti. Lekin ishonasizmi, o‘sha vaqtda cho‘ntagimda bir tiyin pulim yo‘q, qornim och edi. Tezroq borib nimadir yeyman deyman, lekin bu vaziyatni hechkim tushunmaydi.

Odam yulduz bo‘lishi mumkin, lekin yulduz odam doim boy bo‘ladi degani emas. Hamma yulduzlar ham boy emas. Bu narsani qanday baholashni men bilmayman.

Hamdam Sobirov, xonanda, bastakor

Ma’lumot uchun, Hamdam Sobirovning “Sevgisi arzonim”, “Osmonlarda”, “Yurak”, “Yor-yor” deb nomlangan qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Hamdam Sobirov, och, Konsert, (Video), Yulduz, Qornim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя