Главная » 2020 » Декабрь » 22 » Qoshiqchining o‘limiga aloqador shahzoda kechiriladimi?
15:24

Qoshiqchining o‘limiga aloqador shahzoda kechiriladimi?


“Washington Post” xabar berishicha, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Qoshiqchining o‘limi uchun qotillikka buyurtma berishda ayblanayotgan Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga huquqiy daxlsizlik berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. 

Avgust oyida Saudiya razvedkasining sobiq zobiti Saad Al-Jabriy valiahd shahzodani Qoshiqchini o‘ldirishga buyurtma berganlikda aybladi.

Gazetaning yozishicha, Saudiya Arabistoni hukumati Vashingtondan Al-Jabriy shikoyatiga javoban shahzodani javobgarlikdan himoya qilishni so‘ragan. Oq uy Muhammad bin  Salmonning qonuniy daxlsizligini tan olish haqidagi ushbu talabni ko‘rib chiqmoqda.

Ta’kidlanishicha, shahzodaga immunitetni berish AQShda boshlangan boshqa holatlarda unga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qilishga olib kelishi mumkin. Bu 2018 yilda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan "Washington Post" sharhlovchisi Jamol Qoshiqchi o‘limi ishiga tegishli. Marhum jurnalistning rafiqasi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini jinoyatga aloqadorlikda ayblab, sudga bergandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘limiga, aloqador, Shahzoda, Qoshiqchining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя