Главная » 2017 » Январь » 8 » Qovoqli pirog - mazasiga gap bo‘lishi mumkinmas!
19:42

Qovoqli pirog - mazasiga gap bo‘lishi mumkinmas!


Zarur masalliqlar: 500 gr. tayyor qatlam xamir, 200 gr. qovoq, 4 osh qoshiq istalgan meva qiyomi (masalan, olma povidlosi), qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni yupqalab uzunasiga to‘g‘rang.

2. Qatlama xamirni o‘rtacha qalinlikda, to‘rtburchak shaklda yoying. Bir tomonidan suratdagidek nomiga pichoqni yurgizing.

3. Xamirning ikkinchi tomoniga olma qiyomidan surting-da, qovoq bo‘laklarini jipsroq qilib terib chiqing.

4. Xamirning ikkinchi tomoni bilan qovoqlar ustini yopib, atrofini tuging.

5. Pirogni pishiriq qog‘ozi solingan gaz patnisiga qo‘ying. Pishirig‘imiz 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqada pishadi. Pishgach, yuziga qand upasi seping.

6 kishilik

1 soat


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Qovoqli pirog | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя