Главная » 2020 » Май » 12 » Qoyil! 4 yashar qiz onasini o‘limdan saqlab qoldi
19:00

Qoyil! 4 yashar qiz onasini o‘limdan saqlab qoldi


Angliyaning Sautgempton shahri, Xempshir grafligida 4 yashar qiz onasining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda "The Mirror" xabar berdi.

32 yoshli Keti Xamfris 4 yashar qizi Feyi bilan uyda o‘ynab o‘tirardi. Kutilmaganda kuchli astma xuruji tuta boshladi. Ingalyator foyda bermadi, ayol hushini yo‘qota boshladi. 

Keti qiziga «Oyingga yordam kerak», dedi. Shundan so‘ng qizaloq tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib, shifokor chaqirdi. U operatorga "Onam nafas ololmayapti", dedi va onasining familiyasini aytdi. 

Opeator shifokorlar kelguncha qadar qizcha bilan gaplashishni davom ettirdi. Qizcha ularga uy manzilini tushuntirdi. 4 yashar qiz uchun u haddan tashqari xotirjam edi. 

«Agar u bo‘lmaganida, hozir tirik qolmagan bo‘lardim. Men nafas ololmayotgandim. Bu men boshimdan o‘tkazgan eng dahshatli xuruj edi», — dedi Keti.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qiz, saqlab qoldi, onasini, o‘limdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя