Главная » 2020 » Октябрь » 27 » Qoyil! Habib nega Getjiga qarshi aynan "uchburchak" bo‘g‘ish usulini qo‘llagani ma’lum bo‘ldi
14:14

Qoyil! Habib nega Getjiga qarshi aynan "uchburchak" bo‘g‘ish usulini qo‘llagani ma’lum bo‘ldi


Amerikalik MMA jangchisi Daniel Kormye Jastin Getyji bilan so‘nggi jangidan keyin rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov bilan suhbatlashgani haqida gapirdi. 

Unga ko‘ra, 32 yoshli Nurmagomedov tomoshabinlar orasida Jastinning ota-onasi turganligi tufayli unga ozor berishni istamagan. Habib tirsagini ishlatmoqchi bo‘lgan, ammo Jastin bu usulga bardosh berishi va azob cheksa-da, taslim bo‘lmasligini bilgan. Shu bois Nurmagomedov jang paytida fikrini o‘zgartirgan va "uchburchak" bo‘g‘ish texnikasini qo‘llagan.

Mazkur jangdan so‘ng Nurmagomedov g‘alabalar sonini 29 taga yetkazdi. 

Nurmagomedov eng yaxshi jangchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinni yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion, amerikalik Jon Jons egallagan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ma’lum bo‘ldi, qoyil, Habib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя