Главная » 2020 » Май » 13 » Qozog‘istonda ichida bolalar bo‘lgan mashinada tamaki chekish taqiqlandi
19:53

Qozog‘istonda ichida bolalar bo‘lgan mashinada tamaki chekish taqiqlandi


Qozog‘iston Respublikasida ichida bolalar bor mashinada tamaki chekish taqiqlandi. Bu haqda bugun, 13 may kuni zakon.kz nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, deputatlar ikkinchi o‘qishda sog‘liqni saqlash sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga chekishni oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladilar.

O‘zgartirishlar voyaga etmaganlar bo‘lgan avtomobillarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutadi. Ushbu qonunbuzarlik uchun 10 oylik hisoblash indeksi va takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 20 oylik hisoblash indeksi miqdorida ma’muriy jarima belgilanadi.

O‘zgartirishlar, shuningdek, 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlaydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qozog‘istonda, taqiqlandi, Bolalar, tamaki chekish, mashinada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя