Главная » 2018 » Апрель » 23 » Qozog‘istonda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi
21:38

Qozog‘istonda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi


Avval xabar berganimizdek, 21 aprel, shanba kuni Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani hududida fojiali YTH sodir bo‘lgandi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasing ikki fuqarosi halok bo‘lgan, yetti nafari jabrlangan.

Bugun, 23 aprel kuni tongi soat 6:00 da O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi vakili boshchiligida besh nafar jabrlangan va ikki nafar vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanga olib kelindi.

Toshkent viloyati “G‘isht ko‘prik” chegara postida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari vakillarining kuzatuvi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus transportida ikki nafar vafot etgan fuqarolar jasadlari Farg‘ona viloyatiga yetkazilib, yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Besh nafar jablanganlar Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga davolanish uchun joylashtirildi.

YTX natijasida halok bo‘lganlar:
Madatov Sh – 1977
Teshabaev A – 1971.

Jabrlanganlar:
Jamalov I – 1971
Xakimov A – 1969.
Kalmurzaev B – 1994
Xusanov E – 1986
Davronov X – 1976
Madatov A – 1968
Madatov D – 1981.

Hozirda Davlat Madatov (1987) hamda Baxtiyor Xolmirzaev (1994) Qozog‘iston Respublikasining Korday tumanidagi Markaziy shifoxonada malakali tibbiy yordam olishmoqda.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fuqarolari, Vatanga qaytarildi, vafot etgan, O‘zbekiston, Qozog‘istonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя