Главная » 2021 » Сентябрь » 25 » Qozog‘istonliklar O‘zbekistonda AES qurilishiga qarshi chiqmoqda
10:57

Qozog‘istonliklar O‘zbekistonda AES qurilishiga qarshi chiqmoqda


Qozog‘istonning Taraz shahri aholisi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda “Atameken Business News” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mahalliy aholi “keng ko‘lamli va xavfli loyihani qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda qurish kerak”, deb hisoblaydi. 

“Chernobil fojiasini eslang, qancha odam nogiron bo‘lib qoldi. Men ularning ko‘pchiligi bilan tanishman. Bu nima uchun kerak? Men bunga qarshiman ”, deydi mahalliy aholi vakili. 

Mahalliy aholining fikriga ko‘ra, ushbu qurilayotgan AES faqatgina zarar keltiradi va ular bu loyihani qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. 

Qozog‘istonlik ekologlar atom elektr stansiyasi ikki davlat chegarasi yaqinida qurilsa, chiqindilar xavf tug‘dirishidan ogohlantirgan. Ularning fikricha, AES qurilishida faqat iqtisodiy omillar hisobga olinib, tabiat e’tibordan chetda qolyapti.

“Biz uchun bu foydali va qimmat bo‘lmagan elektr hisoblanadi. Lekin, ijtimoiy vaziyatni ham unutmasligimiz kerak. Qayerda korxona qurilmasin, atom elektr stansiyasining radioaktiv chiqindilari suv, havo va hatto qum orqali bizga zarar keltiradi”, deydi ekologlardan biri. 

Boshqa mutaxassislar esa ushbu loyihani tanqid qilishga shoshmayapti. 

“Ilm-fan rivojlanmoqda, olimlar ekotizimni yaxshilashga urinmoqda. Ekologiya butun dunyo uchun muammo. O‘ylaymanki, olimlar AESni qanday qilib xavfsiz qilish yo‘llarini puxta o‘ylashgan”, deydi ekspert Sauranbek Jamalbekov.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda O‘zbekiston Rossiya bilan 2030 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ikkita VVER-1200 bosimli suv reaktorini qurish bo‘yicha hukumatlaro bitim imzolagan. 2019 yilda O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektr stansiyasi uchun joy tanlashni boshlagan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarshi, AES, Qozog‘iston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя