Главная » 2020 » Декабрь » 29 » Qozoqlar xafa, o‘zbeklar xursand: Ronalduning rafiqasi yanglishganmidi?
08:20

Qozoqlar xafa, o‘zbeklar xursand: Ronalduning rafiqasi yanglishganmidi?


"Yuventus" hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges chopondagi fotosuratini joylashtirdi va internetda munozaralarga sabab bo‘ldi.

Jorjina ko‘k kombinezonda va baxmaldan tikilgan to‘nda suratga tushdi. Uning kiyimi Hermes Birkin sumkasi va sirg‘a bilan to‘ldirildi. Jorjina yashil poshnali poyabzalni tanladi.

Birinchi safar u kiyimi Qozog‘istonda ishlab chiqarilganligini ta’kidladi. Shu tufayli post ostida Qozog‘iston davlat bayrog‘ining belgisi bilan qozog‘istonliklarning mulohazalari paydo bo‘ldi.

Biroq, tez orada model fotosurat ostidagi bayonotni almashtirdi: kiyim O‘zbekistonda tikilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistondagi muxlislar unga maqtovlar yoza boshladilar, qozoqlar esa o‘z navbatida Rodrigesni tanqid qildilar va ilgari yozilgan sharhlarni o‘chira boshladilar.

Jorjinaning posti bir yarim million layk va 30 mingga yaqin izohga sabab bo‘ldi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qozoqlar, Ronalduning, xafa, xursand, o‘zbeklar, rafiqasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя