Главная » 2018 » Май » 8 » «Qulupnayzor» chizkeyki — mavsumning eng shirin ne’matidan!
11:43

«Qulupnayzor» chizkeyki — mavsumning eng shirin ne’matidan!


Zarur masalliqlar: 200 gr. uvadalanuvchi pechene, 75 gr. sariyog‘; ichiga solishga: 600 gr. tvorog, 300 ml. smetana, 180 gr. shakar, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq kraxmal, yarimta limon sharbati, 1 o‘ram vanilinli shakar; bezak uchun: 500 gr. qulupnay, 2–3 osh qoshiqshakar, jele.

Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni blenderda yaxshilab ezing. Muzlatilgan sariyog‘ bo‘laklari solib, aralashtirishda davom eting.

2. Aralashmani aylanasi 22 sm. bo‘lgan solipga tekis qilib solib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10–15 daqiqaga qo‘ying.

3. Tvorog va tuxumni aralashtiring, Mahsulotlar xona haroratida bo‘lishiga e’tibor bering.

4. Endi qolgan mahsulotlarni solib arashlashtirishda davom eting. Ko‘pirtirish shartmas. Agar masalliq juda quyuq bo‘lib ketayogan bo‘lsa, yana ozgina smetana qo‘shish mumkin.

5. Biskvit qolipining atrofini 2 qavat qilib zar qog‘oz bilan o‘rang. Biskvit ustiga tvorogli aralashmani soling.

6. Qolipni kattaroq toblama qolipiga joylang. To yarmiga kelgunicha suv quying-da, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo‘ying.

7. Chizkeykni gaz pechidan olgach, sovitib 8 soat muzlatkichda qoldiring.

8. Qulupnaylarni bo‘laklarga bo‘lib, chizkeykni bezating. Ustidan jele quying. Qolgan qulupnay bo‘laklarini esa shakar bilan blenderda ezib, sous tayyorlang-da, shirinlik ustidan soling.

8 kishilik

2 soat


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Qulupnayzor, mavsumning, Chizkeyk, eng shirin ne’matidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя