Главная » 2020 » Февраль » 21 » Qunduzlarning fanda aytilmagan foydasi haqida ma’lum qilindi
12:01

Qunduzlarning fanda aytilmagan foydasi haqida ma’lum qilindi


Qunduzlar tomonidan quriladigan to‘g‘onchalar suvni tozalab, toshqin ko‘lamini qisqartirishi hamda baliq va amfibiyalar uchun qulay muhit yaratishi mumkin. Bunday xulosaga Ekseter universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari 5 yil davomida ushbu hayvonlarni kuzatishganidan so‘ng kelishdi. Bu haqida biologlarning hisobotiga asoslanib, “Guardian” nashri yozmoqda.

Qunduzlar Britaniyada taxminan 400 yil oldin g‘oyib bo‘lgan. Olimlar ularni orolning yovvoyi hayotiga qaytarishni xohlashmoqda. Ana shu maqsadda ular 2015 yil davomida Buyuk Britaniyaning janubidagi Otter daryosida yashaydigan qunduzlarni kuzatib borishdi. Olimlar hukumatga ushbu jonivorlarni orolga yana qaytarish borasida xulosa beradigan hisobot tayyorlashdi.

“Olib borilgan besh yillik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qunduzlarning ijobiy ta’siri salbiyidan ko‘proq”, dedi tadqiqot rahbari Richard Brazer.

Sinov tariqasida suv toshqinlaridan aziyat chekkan Ist Badli qishlog‘idan o‘tuvchi daryoda oltita ana shunday to‘g‘onlar qurildi. Bu to‘g‘onlar suvning yuqori oqim darajasini pasaytirgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, qunduzlar tufayli paydo bo‘lgan suv havzalaridagi baliqlar daryoning boshqa qismlariga qaraganda 37 foizga ko‘paygan.

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, qunduzlarning qaytishi mahalliy ekotizimga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ushbu jonivorlardan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan fermerlarni qo‘llab-quvvatlash zarur.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя