Главная » 2020 » Февраль » 19 » Quvaytlik blogger koronavirusni davolash uslubini topgani uchun 3 milliard dollar talab qilmoqda
21:54

Quvaytlik blogger koronavirusni davolash uslubini topgani uchun 3 milliard dollar talab qilmoqda


Quvaytlik bloger va jamoat arbobi Salva al-Mutayri koronavirusni davolashda o‘zi ishlab chiqqan uslubi uchun 3,2 milliard dollar talab qildi.

19-fevral chorshanba kuni, bloger qiz Snapchat ijtimoiy tarmog‘ida Kuvaytdagi Xitoy elchixonasiga o‘zining ishlanmalarini olib kelganidan keyin shu talabni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, bloger Xitoy elchixonasi oldida paydo bo‘lishidan oldin o‘zining YouTube-kanalida koronavirus bilan kurashda davolashni ehtimoliy uslubini topganligi uchun 1 milliard Kuvayt dinorini (3,2 milliard dollardan ko‘proq) o‘zining bank hisobiga o‘tkazib berishni talab qilgan va ushbu videoni joylashtirgan deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bungacha xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirus vaksinasini yaratuvchisiga 1 million yuan (taxminan 142,6 ming dollar) to‘lashga tayyorligini aytgan. Uning fikricha, bunday uslub virusga qarshi dori vositasini tezroq ishlab chiqishga turtki bo‘lishi mumkin.

Quvaytlik bloger ayol Al-Mutayri esa, Jeki Chan tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan odamga 143 000 AQSh dollarlik moliyaviy mukofoti juda arzimagan miqdor ekanligini, ya’ni Jeki Chan filmlaridagi kulgili sahnalari uchun millionlab dollar olayotgan bir paytda uning e’lon qilgan mukofot qiymati arzimasligini tanqid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning yangi turiga oid COVID-2019 kasalligi qayd etildi. Keyinchalik infeksiya boshqa mamlakatlarga tarqaldi.

16 fevral kuni Xitoy ushbu kasallikka qarshi dori-darmon ishlab chiqarishni boshladi va ertasi kuni esa Xitoy universitetlaridan biri ushbu koronavirus uchun ekspress-test tashkil etilishini e’lon qildi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя