Главная » 2018 » Февраль » 7 » Quvvatlantiruvchi ichimlik ichgan 56 yoshli erkak mikroinsultni boshdan kechirdi
20:28

Quvvatlantiruvchi ichimlik ichgan 56 yoshli erkak mikroinsultni boshdan kechirdi



Bugungi kunda quvvatlantiruvchi ichimliklar turlari tobora ko‘payib bormoqda. Bunday ichimliklarni iste’mol qilish O‘zbekistonda ham ancha ommalashgani sir emas. Quvvat beruvchi, tetiklantiruvchi kabi tavsif bilan sotilayotgan ichimliklarning ham o‘ziga yarasha zararli tomonlari talagina. Masalan, Angliyada ana shunday ichiliklarni haddan ziyod ko‘p ichgan erkak mikroinsultni boshidan kechirdi.

G‘arbiy Yorkshirda 56 yoshli erkak 6 soat ichida dunyoga mashhur ikki energetik ichimlikdan 25 ta banka ichib, miyasiga qon quyildi. Shuningdek, 3 marta mikroinsultni boshidan kechirdi. Bu haqda “Metro” nashri xabar berdi.

56 yoshli Nik Mitchel karaoke-klubda bo‘lgan vaqtida 6 soat ichida 25 ta quvvatlantiruvchi ichimlikdan ichib qo‘ydi. Uyiga qaytgach, boshida qattiq og‘riqni his qildi.

Nikni tekshirishga kelgan shifokorlar quvvatlantiruvchi ichimlikning haddan oshgan miqdori tufayli miyaga qon quyilganligini ma’lum qilishdi.

Nik Mitchel yana bir hafta davomida ichimlik asoratidan qiynalib yurgan. Ana shu 7 kun ichida uchinchi marta mikroinsultga uchragan. Bundan tashqari, 56 yoshli Nik Mitchelning nutqida va qadam bosishida ham muammolar yuzaga kelgan.

Endilikda Nik bunday ichimliklar sotuviga qarshi chiqmoqda. U buni “o‘lim holatiga olib kelgan ichimlik”, deb atadi.

Quvvatlantiruvchi ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bu hodisaga nisbatan o‘z munosabatini bildirishdi. Ularning aytishicha, 250 ml hajmdagi energetik tarkibida bir finjon qahvadagi kabi miqdorda kofein bor. Shu sabab kuniga 5 tadan ortiq quvvatlantiruvchi ichimlik ichish mumkin emasligini ta’kidlashdi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Quvvatlantiruvchi ichimlik, mikroinsult | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя