Главная » 2021 » Июнь » 1 » Quyosh plazmasi to‘lqini bugun Yerni qoplashi kutilmoqda — olimlar
12:31

Quyosh plazmasi to‘lqini bugun Yerni qoplashi kutilmoqda — olimlar


Bugun Yerga Quyosh plazmasi to‘lqini yetib kelishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda spaceweather.com nashri xabar qilmoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 28-may kuni Quyosh tojida masslar otilib chiqishi qayd etilgan. Hodisa natijasida tashqariga otilib chiqqan bulutlar Yerga yetib kelishi kichik geomagnit bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bilan birga, qutb kengliklarida yashovchilar bugun qutb yog‘dusini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

2020-yil dekabrida ham Yerni Quyoshdan chiqarilgan plazma buluti qoplagandi. Bunday bulutlarning ta’siri kosmik uskunalarga radiatsiya yukining keskin o‘sishiga va Yer yuzasi yaqinidagi magnit maydonning tebranishiga olib keladi.

Shu bilan birga, olimlarning fikriga ko‘ra, 2020-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan bir qator alangalardan so‘ng, Quyosh o‘z faolligini pasaytirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qoplashi, plazmasi, Yerni, to‘lqini, olimlar, QUYOSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя