Главная » 2021 » Апрель » 20 » Quyoshda noyob chaqnash yuz berdi. Magnit bo‘roni kutilmoqda
21:47

Quyoshda noyob chaqnash yuz berdi. Magnit bo‘roni kutilmoqda


Bugun, 20 aprel kuni tunda Qo‘yoshning o‘rta sinfida noyob chaqnash yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyosh rentgen laboratoriyasiga tayanib ma’lumot bermoqda.

Laboratoriya rahbari Sergey Kuzinning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa hech qanday xavf tug‘dirmaydi, ammo ikki yoki uch kun ichida kichik magnit bo‘roni bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u ushbu chaqnashning o‘ziga xosligini ta’kidladi, chunki hozirda Quyosh faolligi minimal darajada va “yaqinda 4-5 ta shunga o‘xshash chaqnashlar sodir bo‘lgan”.

Shu bilan birga, Quyoshning maksimal faolligi davrida har kuni chaqnashlar paydo bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yuz, chaqnash, bo‘roni, Quyoshda, berdi, Magnit, noyob | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя