Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 9 » Rahbarlar uchun 5 ta foydali maslahat
10:07
Rahbarlar uchun 5 ta foydali maslahat

Qanday qilib o‘zining va boshqalarning vaqtni hurmat qilishni boshlash, yig‘ilishlardan maksimal darajada foydalanish va bezovta qiluvchi omillardan qutulish mumkin.

1. Tadbirdan 2 daqiqa oldin keling

Apple’da har bir yig‘ilish rejalangan vaqtdan besh daqiqa o‘tib boshlanadi. Xodimlar buni «Apple’ning standart vaqti» (ingliz. Apple Standard Time) deb nomlashadi. Bu yangi ishchilar tanish bo‘lmagan norasmiy qoidadir. Shuning uchun ko‘pincha ular besh daqiqa o‘tirib, bir-birlariga hayron boqishadi va boshqalarning qaerdaligini bilmay boshlari qotadi.

Bu qaerdan paydo bo‘lgani - noma’lum. Ehtimol, bir paytlar yuqori lavozimda bo‘lgan kishi shunchaki kech qolib kelgandir. Bu boshqalarning kech kelishi uchun juda yaxshi bahonaga aylandi va oxir-oqibatda korporativ madaniyatning bir qismi bo‘lgan an’ana ko‘rinishini oldi.

Bu to‘g‘ri emas. O‘zingiz va xodimlaringizning vaqtini olmang.

Eng yaxshisi – ish kunining boshida jadvalni ko‘rib chiqish va belgilangan uchrashuv vaqtidan bir necha daqiqa oldin kelish lozim.

2. Aniq vaqtni bilib yuring

Tasavvur qiling, siz umumiy yig‘ilishdasiz. Ishchilardan birining nutqi eng «qaynoq» nuqtasiga chiqqan. Lekin siz o‘zingizning jadvalingizga qarab turibsiz, chunki besh daqiqadan so‘ng boshqa uchrashuvda bo‘lishingiz kerak. Shu sababdan siz asabiylashasiz va hisobotga bor e’tiborni qarata olmaysiz. Boshqalar uchun bu xatti-harakat chiqish qilayotgan odamning nutqi siz uchun muhim va qiziqarli narsa emasligini anglatadi.

Yig‘ilish boshlanishidan oldin, sizga ko‘rinib turadigan soat bor joyni toping. Shunday qilib, siz istalgan pallada aniq vaqtni bilib turishingiz mumkin. Hisobotda qisqa tanaffus qilingunga qadar kuting. Keyin boshqa joyga borish uchun bir necha daqiqangiz borligini ayting. Biroq, ushbu muhokamaga qaytishga va’da bering.

3. Har ikki haftada manfaatdor xodimlar uchun yig‘ilishlar o‘tkazing

Katta kompaniyalarda kerakli natijalarni beradigan yig‘ilishlarni o‘tkazish qiyin kechadi. Aksariyat xodimlar uchrashuvga qiziqish bildirmasligi mumkin.

Har ikki haftada bir marta yig‘ilish uchun ikki soat ajrating. Biror narsani haqiqatdan muhokama qilishni istagan xodimlarni guruhlarga ajrating. Har bir guruhga yarim soat vaqt bering. Natijada yig‘ilishda faqatgina qandaydir g‘oyalari bor va kompaniyani rivojlantirishga kuch sarflashga tayyor bo‘lganlargina ishtirok etadilar. Bunday muhokamalar juda samarali bo‘ladi.

4. Yig‘ilish davomida javob olishni xohlaydigan uchta savolni yozib oling

Yig‘ilishga nima sababdan borayotganingizni aniqlang. Shundan so‘ng, u yerda javobini olishni xohlaydigan uchta savolni yozing. Siz tinglayotgan yoki chiqish qilayotgan kishimisiz – buning ahamiyati yo‘q. Bu faqat bir necha daqiqani oladi. Shunday qilib, siz uchrashuvning maqsadini belgilaysiz, bu ham foydali bo‘ladi.

Agar siz uchta savolni o‘ylab topishga qiynalsangiz, unda uchrashuvni bekor qilish yoki kechiktirish lozim.

5. Ish stolingizdagi keraksiz narsalarni vaqti-vaqti bilan yo‘qoting

Ish joyingizda tezda tuzatilishi mumkin bo‘lgan singan narsalar bo‘lsa, buni ortga surmang. Ofisingizning ko‘rinishi va ishchi kayfiyatni buzadigan kichik narsalarni ham e’tiborsiz qoldirmang. Masalan, yozuvlar uchun mo‘ljallangan iflos doskani arting va chiqindi yashigiga tashlang. Ish stoliningizni tartibga keltiring. Agar sizda ofis materiallari yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ularni qolgan xodimlar bilan bo‘lishing.


Manba: "kun.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | Просмотров: 99 | Добавил: ADMIN | Теги: uchun, Rahbarlar, foydali maslahat, 5 ta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |