Главная » 2017 » Июль » 5 » Rajabovlar: Yulduz va Adizni Chimyonda ko‘p ko‘rishmoqda!
12:23

Rajabovlar: Yulduz va Adizni Chimyonda ko‘p ko‘rishmoqda!


  1. kunlarda familyadoshlar Adiz Rajabov va Yulduz Rajabovalarni Chimyonda ko‘p uchratish mumkin bo‘lmoqda. "Bir balosi bo‘lmasa shudgorda quyruq na qilur?" xalq maqoli tabiiyki bu xolatda : "Bir ijodi bo‘lmasa tog‘da akter na qilur?" degan joyidan:
    "O‘zbekfilm" tomonidan suratga olinayotgan "Yolg‘on girdobi" filmining rejisserligi va bosh qaxramonlardan birini talqin etish Nozim To‘laxo‘jaev zimmasida.

Film turli noqonuniy va jamiyatni ichidan yemirilishiga sababchi bo‘lgan davr vabosi - zararli bo‘lgan oqimlar xaqida bo‘lib unda yuqorida sanalgan ijodkorlardan tashqari yana Jumadilla Rametov, Boir Xolmirzaev va Rayxon Ulasenovalar bosh rollarni talqin etishadi.
Nozim To‘laxo‘jaev, Boir Xolmirzaev va Rayxon Ulasevnovalar "Yolg‘on girdobi" filmida salbiy obrazda namoyon bo‘lib ular aynan mana shunday noqonuniy va ekstremestik oqimlarni raxbari sifatida gavdalanishadi. Aktrisalar Yulduz va Sitoralar esa aksincha, adashib shu oqimlarga tushib qolganlar rolida.

 

Adiz Rajabov:- Turli noqonuniy oqimlar kirib kelgan paytlari ularning raxbarlariga odamlar xattoki o‘z uylarini xam berib yuborishgani to‘g‘risida eshitgandim... "Yolg‘on girdobi" filmidagi rolim film davomida kutilmagan burilish yasaydi desa xam bo‘ladi chunki qaxramonim obrazi film o‘rtasiga  yetganida ochiladi. O‘zgaradi desa xam bo‘ladi. Shu sababdan xam xozircha rolimni to‘liq ochiqlay olmayman. Film moxiyati va undagi kasb bilan bog‘liq umumiy tushunchalarga ega bo‘lganim sabab xam mazkur filmdagi ijroim qiyinchilik tug‘dirmayati.
 

Dolzarb mavzudagi ijtimoiy muammolardan biriga yana bir versiya yaratilar ekan bu safar Nozim To‘laxo‘jaevning nigoxi va maxortiga baxo beramiz. Asosiysi dindan ilmi faqir bo‘lgan va balki iymoni sust bo‘lganlarga bu ijod namunasi muxim darslikni o‘taydi deb niyat qilamiz.


Manba: "sayyod.com"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Chimyon, Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя