Главная » 2021 » Май » 10 » Ramazon Hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
13:13

Ramazon Hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?


Shu kunlarda juda ko‘pchilikni bir savol o‘ylantirmoqda: «Ramazon Hayitida dam olish kunlari qanday bo‘ladi? Necha kun dam olamiz?». Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev ana shu masalaga to‘xtaldi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, tez orada Prezident yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha qarorni imzolaydi va bu haqda OAVda ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-sonli Prezident farmoniga (https://lex.uz/docs/5283956) binoan, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanishi qayd etilgandi.

Shundan so‘ng mart oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash haqidagi farmon loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilgandi (https://regulation.gov.uz/uz/d/30888). Loyihaga ko‘ra:

14 may, juma - qo‘shimcha dam olish kuni;
15 may, shanba - ish haftasining turidan qat’i nazar dam olish kuni etib belgilanishi nazarda tutilgandi.

❗️Bundan kelib chiqilsa, agar mabodo 13 may kuni Ramazon Hayitining birinchi kuniga to‘g‘ri kelsa, unda o‘zbekistonliklar 13, 14, 15, 16 may kunlari ketma-ket 4 kun dam olishlari mumkin bo‘ladi.

Bu hozircha bizning taxminimiz xolos, Prezident tegishli hujjatni imzolagandan so‘ng anig‘i ma’lum bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha xabar beramiz.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Hayitida, Dam, Ramazon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя