Главная » 2021 » Апрель » 13 » Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga qanday ism qo‘yish lozim?
21:09

Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga qanday ism qo‘yish lozim?


O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga qanday ism qo‘yish lozimligi haqidagi savolga javob berdi.

G‘ulomiddin Xolboyevning ta’kidlashicha, shariatda Ramazonda tug‘ilgan bolaga ro‘zaga moslab ism qo‘yish shartligi haqida ko‘rsatma yo‘q. “Bola Ramazon oyida tug‘ilsa, Ramazon, Ro‘zi va Hayit ismini qo‘yish kerak” degan va yana shunga o‘xshash gaplari asossiz va islom diniga aloqasi yo‘q.

“Musulmonchilik an’analariga ko‘ra, Alloh taologa bandalik ma’nosini ifodalovchi, payg‘ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarini qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Unutmaylik, Ramazon — Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy bo‘lgani uchun aynan shu oyda Qur’oni karimni ko‘proq o‘qish tavsiya qilinadi. Zero Qur’oni karim eng ulug‘, eng afzal zikrdir. Bundan tashqari, tasbih (Subhaanalloh), tahlil (Laa ilaaha illalloh), istig‘for (Astag‘firulloh), hamd (Alhamdulillah), takbir (Allohu akbar) va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga salavot aytish ham eng afzal zikrlar sanaladi”, — degan O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13-aprel etib belgilandi. Ramazon oyida O‘zbekistondagi 1400 ga yaqin masjidda Qur’oni karim xatm qilinadi va tarovih namozlari o‘qiladi.

Toshkent shahrida tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida (13-apreldan 12-mayga qadar) — soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Ramazon oqshomida poytaxtdagi qator avtobuslar yo‘nalishi ham o‘zgaradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ISM, oyida, tug‘ilgan, Ramazon, farzandlarga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя