Главная » 2020 » Январь » 16 » Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini boshqa birovga topshirdi
22:03

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini boshqa birovga topshirdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 13 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi tufayli Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajara olmaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qodirovning vaqtincha iste’fosini o‘zida aks ettirgan farmoyish 13 yanvar, dushanba kuni imzolangan. 

"Checheniston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligim bois, 2020 yilning 13 yanvar kunidan Checheniston Respublikasi rahbarligini bajarishni Checheniston Respublikasi Hukumat rahbari Xuchiyev Muslim Magomedovichga yuklayman",  deyiladi Checheniston rahbari va hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda.

Kecha Rossiya Federatsiyasida boshqaruv tizimida ham o‘zgarishlar kuzatilib, Medvedev iste’foga chiqqan edi.  Prezident Putin  Federal Soliq Xizmati rahbari Mixail Mishustinga Bosh vazir lavozimini taklif qilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя