Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Ramzan Qodirov musulmon roxinjalar masalasida Kreml yondashuviga qarshi ekanligini bildirdi
17:29

Ramzan Qodirov musulmon roxinjalar masalasida Kreml yondashuviga qarshi ekanligini bildirdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida Myanmada roxinja musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi. “Agar Rossiya jinoyatlarni sodir etayotgan bu shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaning nuqtai nazariga qarshiman. Chunki bu masalada o‘zimning qarashim, yondashuvim bor”, — ta’kidladi Qodirov.

Shu bilan birga, Checheniston rahbari hech kim “qotillar va zo‘ravonlar”ni qo‘llab-quvvatlamasligiga ishonch bildi.

Oldinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Myanmaning Moskvadagi elchixonasi oldidagi miting haqidagi xabarlar Kremlda tashvish uyg‘otishini bildirgandi.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qodirov, qarshi, ekanligini bildirdi, yondashuviga, roxinjalar, Musulmon, Kreml, ramzan, masalasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя