Главная » 2020 » Сентябрь » 2 » Ramzan Qodirov qizini yangi lavozimga tayinladi
21:56

Ramzan Qodirov qizini yangi lavozimga tayinladi


Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasining rahbari Ramzan Qodirov qizi Aishat Qodirovani yangi lavozimga tayinladi. U Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

“Aishat Qodirova Checheniston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, deb yozgan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qodirova murakkab loyihalarni boshqarish bo‘yicha tajribaga ega. 21 yoshli Aishat ko‘plab mamlakatlarda nom qozongan moda uyini boshqargan va dunyoga chechenlarning urf-odatlari va an’analarini namoyish etgan. 

Shuningdek, Qodirov qizi Checheniston filarmoniyasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shganini qo‘shimcha qildi.

Joriy yilning mart oyida u “Checheniston Respublikasida xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

“Yaqinda Aishat o‘zining tadqiqotlarini madaniyat sohasiga bag‘ishladi, ushbu yo‘nalishdagi taniqli va yetakchi mutaxassislar bilan faol aloqada bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

Uning ta’kidlashicha, Aishatni madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror Checheniston Madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayevning tashabbusi asosida qabul qilingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qizini, yangi lavozimga, tayinladi, Ramzan Qodirov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя