Главная » 2020 » Январь » 21 » Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi
21:09

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Tomsk oblastida bo‘lgan yong‘inda o‘zbekistonliklarning halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

“Tomsk oblastida fojia yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in vaqtida o‘nlab o‘zbekistonliklar halok bo‘lishgan. Bu oila a’zolari va do‘stlar uchun katta qayg‘u. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qurbonlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman! Alloh taolo ularni rahmatiga olsin”, deb yozadi u o‘zining Ramzan Qodirov “Telegram”dagi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz: 21 yanvar kuni Tomsk oblasti, Asino rayoni, Prichulmsk aholi yashash punkti, Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Unda 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani aytildi. 

So‘nggi xabarlarga ko‘ra: O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя