Главная » 2021 » Октябрь » 8 » Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir bo‘ldi
23:20

Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir bo‘ldi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi – Ayshat Qodirova respublika Madaniyat vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda parlament spikeri Magomed Daudov ma’lum qildi.

Rus OAV xabariga ko‘ra, Ayshat Qodirovaning yoshi 22 da va u bunga qadar Madaniyat vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Endilikda uning o‘zi ushbu vazirlikni boshqaradi. 

“Ishonchim komilki, Checheniston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimida Ayshat o‘z faoliyatida bundan ham muhim natijalarga erishadi va qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalaydi”, deb yozdi Daudov o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida.

Daudovning qayd etishicha, o‘z ishiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish natijasida Ayshat Qodirova respublika kutubxonalari, madaniyat uylari va teatrlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, shuningdek Madaniyat vazirligining barcha sohalarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan.

Ma’lumot uchun, Ayshat Ramzanovna Qodirova 1998 yil 31 dekabrda Checheniston Respublikasi Kurchaloyev tumani Sentoroy qishlog‘ida tug‘ilgan. U Checheniston davlat universitetini tamomlagan, 2016 yildan buyon “Firdaws” moda uyining direktori, o‘tgan 2020 yilning sentyabrida esa Checheniston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ramzan Qodirov, Vazir, qizi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя