Главная » 2020 » Март » 25 » “Rapunsel” multfilmi syujetida koronavirusga ishora qiluvchi belgilar aniqlandi
21:47

“Rapunsel” multfilmi syujetida koronavirusga ishora qiluvchi belgilar aniqlandi


2010-yilda katta ekranlarga chiqqan “Rapunsel” multfilmi syujetida COVID-19 pandemiyasiga ishora qiluvchi sahnalar topildi, deb yozadi “KinoPoisk”.

Multfilm aka-uka Grimm ertagi asosida yaratilgan. Uning syujetiga ko‘ra, yerga quyosh tomchisi tushadi. Ushbu tomchidan kasalliklarni tuzatish va abadiy yoshlikni taqdim etishi mumkin bo‘lgan gul paydo bo‘ladi. Gul dastlab Gotel ismli keksa ayolning qo‘liga tushadi, keyin esa uni Korona qirolligi askarlari homilador qirolichani davolash uchun olib ketadi.

Qirolicha sog‘ayganidan so‘ng u malika Rapunselni dunyoga keltiradi. Abadiy yosh qolishni istagan Gotel qizaloqni o‘g‘irlab ketadi va baland minoraga qamab qo‘yadi. Rapunsel minorada 18 yil yashaydi, u hech kim bilan muloqot qilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari multfilmdagi ikki detalga e’tibor qaratdi. Birinchidan, Rapunsel tug‘ilgan qirollikning nomi Korona. Ikkinchidan, hozirgi pandemiya sharoitida odamlarni izolyatsiyalanishga chaqirishmoqda, bu esa Rapunselning hayot tarzini eslatadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Rapunsel izolyatsiyadan so‘ng baxtga erishgani, bu esa karantinning ahamiyatini ko‘rsatishini yozib qoldirgan.

Shu munosabat bilan “Rapunsel” multfilmi OAV e’tiboriga tushdi. USA Today nashri karantinda qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozimligi haqida material e’lon qildi. Maqola muallifi punktlardan birida minorada shamlar tayyorlash, rasm chizish bilan mashg‘ul bo‘lgan Rapunselni eslab o‘tadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя