Главная » 2017 » Май » 18 » Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog‘liq savolga javob berdi
18:52

Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog‘liq savolga javob berdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov “Sayyod” nashriga bergan intervyusida o‘g‘li Sanjar va xonanda Shahlo Ahmedovaning munosabatlari haqidagi savolga javob berdi.

— Agarda taqdir bo‘lsa, kelin ham bo‘lishadi, kuyov ham bo‘lishadi. Men hech qachon farzandlarim tanlagan insonga qarshilik qilmayman. Chunki, ota-onam bizga umr yo‘ldosh tanlashimizga qarshilik ko‘rsatmagan.

Onam aytardilar, “Kimni tanlasang o‘shanga uylantiraman”, deb. “Men tanlagan qiz yomon chiqsa, keyin mening yuzimga solasan, siz tanlagan qizingiz menga yoqmadi, deb”, derdilar.

“Shahlo Ahmedova bo‘lsa Shahlo Ahmedova. Ular birga duet ham kuylashdi. “Sayl” degan filmda duet kuylanglar, deb men taklif bildirgan edim”,—deydi Rashid Holiqov.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar va Shahloning aksariyat tadbirlarda birga ko‘rinishi, ijtimoiy tarmoqlarda ularning birga tushgan suratlari tobora ko‘proq e’lon qilinishi turli mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Kelin, Shahlo Ahmedova, savolga javob berdi, Rashid Holiqov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя