Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Rashkning 5 sababini aniqlab, davosini topamiz!
13:25

Rashkning 5 sababini aniqlab, davosini topamiz!


Maqtang!

Sabab: Sevgan insonini yo‘qotishdan qo‘rqish. «Agar u meni tashlab ketsa, hech kimga kerak bo‘lmay qolaman», deb hisoblaydi va tashlab ketmasliklarining chorasini oldindan ko‘rmoqchi bo‘ladi.

Yechim: Bu toifa kishilarning o‘ziga ishonchini oshirish kerak. Ya’ni uning dunyodagi eng mehribon turmush o‘rtoqligini aytib, maqtab turilsa, rashk xuruji chekinadi. Ularning ataylab rashkini keltirish yaramaydi, unutmang.

Ochiqcha gaplashing!

Sabab: Arzimgan narsada ham xiyonat soyasini ko‘radi. Na ishonadi, na tinch qo‘yadi. Har daqiqada noroziligini bildirib turish u uchun odatga aylangan.

Yechim: Ochiqchasiga gaplashib oling, uning shubha-gumonlari siz uchun xaqoratomuz tuyulishini tushuntiring. Lekin eng asosiysi, o‘zingiz ham uning rashk qilishi uchun sabab bo‘la oladigan vaziyatlarga tushmaslikka harakat qiling.

 

E’tiboringizni qizg‘anmang!

Sabab: Juftingizning sizga bee’tiborligi yoki sizning unga befarqligingiz.

Yechim: Hamisha sevgan insoningizning e’tiborida bo‘lishga erisha olish katta san’at va yutuq! Faqat oshirib yuborilmasa bo‘lgani. Bu e’tibor rashk asorati sifatida nazoratu shubhaga aylanib qolmasin tag‘in?!

 

Sukut saqlang!

Sabab: Beruxsat qilingan kichkina ishni ham o‘ziga qarshi ko‘tarilgan isyondek qabul qiladi. Bo‘ysindirish uchun tilini qisiq qiluvchi bahonalar qidirishdan charchamaydi.

Yechim: O‘zingizni oqlashga urinmang. Bu janjalni avj oldiradi. Jim eshitib, bir-ikki kun o‘tgach, vaziyatga oydinlik kiriting.

 

Qasdma-qasd ish tutmang!

Sabab: Zerikish, maqsad yo‘qligi, ishsizlik (ayniqsa, erkaklarda) behuda rashkka sabab bo‘ladi.

Yechim: Avvalo xizmatlaringiz, topayotgani pulingiz, ishdan charchashingizni minnat qilmang. Turmush o‘rtog‘ingizni ruhlantiring. U bilan kelajak haqida rejalar tuzing. Bu bilan uning ishonchini oshirasiz.  


Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Rashk, Sabab, NEGA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя