Главная » 2020 » Июнь » 4 » Rasman! 15 iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat beriladi
04:49

Rasman! 15 iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat beriladi


Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 15 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda umumiy ovqatlanish ob’ektlari, bog‘chalar va buyum bozorlari faoliyati tiklanadi.
Umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
faoliyatini 8:00dan 23:00ga qadar tashkil etish;
stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;
binolarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
tana harorati 37S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.
Buyum bozorlari:
doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlanishi,
sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi,
har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan  hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Koronavirus, karantin, ruxsat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя