Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » Rasman: diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlar boshlanadi
11:42

Rasman: diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlar boshlanadi


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabariga ko'ra, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga asosan 4-sentyabr, juma kunidan boshlab barcha diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berildi.

Shu o‘rinda, «Barcha diniy tashkilotlar» deganda yurtimizdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib o‘tamiz. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi.

Ushbu qarorga muvofiq, yurtimizdagi masjidlarda juma namozi, ertaga, 4-sentyabr kuni ado etiladi.

Shuningdek, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari ham davom ettiriladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: boshlanadi, diniy tashkilotlarda, rasman, jamoaviy ibodatlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя