Главная » 2020 » Декабрь » 15 » Rasman: Jo Bayden AQSH Prezidenti etib saylandi
09:04

Rasman: Jo Bayden AQSH Prezidenti etib saylandi


AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan sobiq vitse-prezident Jozef Bayden saylandi.

Saylovchilar kollegiyasi Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. Demokrat Prezident etib saylanish uchun kerak bo‘lgan 270 ta ovozni oldi.

Kaliforniyaning barcha 55 nafar saylovchilari Baydenni qo‘llashi natijasida uning ovozlari soni 302 nafarga yetdi. Donald Tramp esa 232 nafar ovoz oldi.

Tramp saylov natijasi ustidan sudlashmoqchi bo‘lgan barcha shtatlarda Bayden g‘alaba qozondi. Tramp esa natijani qabul qilmayapti va sudlashish niyatida.

AQSHdagi saylovlarning rasmiy natijalari 2021 yilning 6 yanvarida Kongress uni tasdiqlagach, e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda umummilliy saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkazilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rasman, saylandi, Prezidenti, Jo Bayden, AQSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя