Главная » 2021 » Апрель » 5 » Rasman: Makro supermarketi «Samarqand darvoza»dan chiqarib yuborildi
22:26

Rasman: Makro supermarketi «Samarqand darvoza»dan chiqarib yuborildi


Toshkent iqtisodiy sudi Makro supermarketi da'volarini qondirmadi. Kompaniya «Samarqand darvoza»dagi binolarni to‘liq bo‘shatdi, belgilar olib tashlandi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro’ning talablarini qondirmaslik yuzasidan hal qiluv qarorini chiqardi. Bu haqda Kun.uz'ga sud vakili ma'lum qildi.

Gap nimada?

Kun.uz fevral oyida Makro supermarketining «Samarqand darvoza»dan chiqarib yuborilishiga oid voqealar yuzasidan surishtiruv e'lon qilgan edi. Unda tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilikka Toshkentdagi yirik savdo-ko‘ngilochar «Samarqand darvoza» va Compass markazlari ma'muri – «O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi» MChJ o‘z binolarida ijara huquqi asosida faoliyat yuritayotgan Makro supermarketlari bilan tuzilgan shartnomani bekor qilmay, ushbu nuqtalarda boshqa kompaniyalar bilan ish boshlashini ma'lum qilgani sabab bo‘lgan.

Voqealar nimadan boshlandi?

7 yanvar kuni «Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi haqida rasmiy xabar tarqatildi.

Xabarda «Majid Al Futtaim» mart-aprel oylarida Toshkentda ikkita yangi Carrefour gipermarketini ishga tushirishi, gipermarketlar «UzOman»ga tegishli eng yirik «Samarqand Darvoza» va «Compass» savdo-ko‘ngilochar markazlarida tashkil etilishi e'lon qilingandi.

Makro nimadan norozi bo‘ldi?

«Samarqand darvoza» ma'muriyati 6 yanvar kuni («Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi haqida xabar tarqalishidan bir kun avval) ijaraga olingan maydonni qaytarib berishni so‘rab, Makro'ga xat yo‘llagan. Bu haqda supermarket rasmiysi Kun.uz'ga ma'lum qilgandi.

«Ijara shartnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar amal qilgan muddat ichida «Samarqand darvoza» tomonidan ijara shartnoma shartlari buzilgani bo‘yicha biror shikoyat kelib tushmagan. Shuningdek, ijara haqini oshirish orqali ijara shartnomasini 10 yilga uzaytirish bo‘yicha «Darvoza savdo» MChJ (Makro savdo belgisi egasi – tahr.) tomonidan bir necha marta taklif bildirilgan. Bundan tashqari, «Samarqand darvoza»da Carrefour ochilishi haqidagi xabarni tarqatish Makro huquqlarini poymol etadi», – degan edi kompaniya vakili.

Shuningdek, «Samarqand Darvoza» savdo-ko‘ngilochar markazi ma'muriyati – «CD Mall» MChJ xodimlari Makro supermarketi joylashgan savdo zali va omborxonani energiya ta'minotidan uzib qo‘ygani ma'lum qilingan edi.

Makro («Darvoza savdo» MChJ) rasmiy vakili ushbu hodisadan so‘ng, eng birinchi navbatda kompaniya obro‘yiga putur yetib, moliyaviy zarar ko‘rganini ta'kidlagandi.

Makro bu masala yopilganini ma'lum qildi

Ma'lum bo‘lishicha, sudda «Samarqand darvoza» vakillari Carrefour bilan shartnoma tuzmaganliklarini ma'lum qilgan.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro'ning talablarini qondirmagan.

Shu munosabat bilan, 24 mart kuni Makro «Samarqand darvoza»dagi binolarni to‘liq bo‘shatdi, bir necha kun o‘tib supermarketga tegishli belgilar majmuadan olib tashlandi. Supermarketlar tarmog‘i ushbu masala yopilganini ma'lum qildi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqand Darvoza, supermārketi, Makro, rasman, chiqarib yuborildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя