Главная » 2020 » Март » 15 » Rasman: Oliy o‘quv yurtlari talabalari ikki haftalik ta’tilga chiqariladi
22:40

Rasman: Oliy o‘quv yurtlari talabalari ikki haftalik ta’tilga chiqariladi


Talabalar 2020-yil 16-martdan ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Vazirlik tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish  maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi, ta’lim muassasalarida karantin joriy qilinadi;

Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalar turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yashash joylariga yuboriladi va TTJlar 18-mart kuni, viloyatlarda joylashgan OTMlar TTJlari joriy yil 17-mart kuni yopiladi;

boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi: 
  – O‘zMU,  vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” Markazi, O‘zDJTU, TTA TTJ va o‘quv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ; 

OTMlarda mavjud modullar professor-o‘qituvchilar tomonidan tegishli kontent bilan to‘liriladi va ta’lim masofaviy shaklda amalga oshiriladi;

vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi;

ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan o‘qituvchilar uchun ta’lim onlayn shaklda tashkil qilinadi;

har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navro‘z bayrami va b.) o‘tkazish taqiqlanadi, OTM ilmiy kengashi yig‘ilishi ixchamlashtirilgan tarkibda o‘tkaziladi, ixtisoslashgan kengashlar faoliyati bundan mustasno;  

OTMlar va vazirlik o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir ishtirokidagi brifingda OTM talabalari uch hafta muddatga karantinga olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя