Главная » 2020 » Июнь » 4 » Rasman: Test sinovlari 2ta fandan bo‘ladi
13:38

Rasman: Test sinovlari 2ta fandan bo‘ladi


2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkaziladi. Bu haqda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musaev boshchiligida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilinishicha, joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.
Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi.
Bu holatda ballar quyidagicha belgilanadi:
1-blok - 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin;
2-blok - 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
Joriy yil test sinovlarida xuddi o‘tgan yilgidek maksimal 189 ball to‘plash mumkin.
Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.
Keyinroq DTM kirish imtihonlari uchun 2ta fan qoldirilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgandi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: DTM, test sinovlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя