Главная » 2020 » Июль » 17 » Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on – Rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi
21:05

Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on – Rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi


O‘zbekistonlik taniqli yosh rejissyor Sarvar Karimov 63 yoshli otasi uyida bir hafta davolanib, koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi.

“Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin tashhis qo‘yilmadi. Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo‘lsa, kelolmaymiz deyishdi. Ularni ham tushunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi. Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Ishonmang, rasmiylarning barcha gapi yolg‘on. Ishonch raqamlariga telefon qilib tushib bo‘lmaydi, tushsangiz ham boshqa raqamni berib yuboradi. Biz dadamizga bir hafta tez yordam chaqirolmadik. Axiyri o‘pkalariga o‘tib ketib, jonlari uzildi. 63 yoshda edilar. 10 kun avval soppa-sog‘ edilar.

Bu gaplarni yozishimdan maqsad – davlat yordamidan umidingizni uzing. Ko‘chaga chiqmang, ayniqsa, kattalarni ehtiyot qiling. Hozir butun oilamiz COVID-19 ga chalinganmiz (rasmiy). O‘zimizni o‘zimiz davolayapmiz, chunki boshqa iloj yo‘q. Duo qilinglar, tuzalib ketaylik. Alloh shifo bersin hammamizga”, deb yozdi Sarvar Karimov.

Avvalroq, yana bir san’at vakili xonanda Kaniza koronavirusga chalingani haqida ma’lum qilgandi. U uyda davolanayotgani va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlaridan yordam ololmaganini aytib, shikoyat qilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lum qildi, barcha gapi yolg‘on, Rasmiylarning, koronavirusdan vafot etganini, otasi, rejissyor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя