Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Ravon R2 avtomobili Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
17:42

Ravon R2 avtomobili Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi


Daily-Motor portali sentabr oyida Rossiya bozorlarida sotiladigan eng arzon beshta avtomobil ro‘yxatini tuzib taqdim etdi, deb xabar berdi “1news.uz”. Ro‘yxatga Xitoyning 1,3 litrli dvigatelga ega hamda mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan Lifan Smily xetchbeki 369,9 ming rubl (6370 dollar) bilan yetakchilik qilmoqda.

Rossiyada sotilayotgan eng arzon xorijiy mashinalar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini Ravon R2 xetchbeki band etdi. 85 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel o‘rnatilgan avtomobilning narxi 439 ming rubldan (7560 dollar) boshlanadi.

Uchinchi o‘rindan esa Datsun on-DO sedani (Yaponiyaning Nissan kopmaniyasi bilan hamkorlikda Lada Granta platformasi asosida ishlab chiqarilgan) egalladi. 82 ot kuchiga ega 1,6 litrli dvigatel hamda mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan sedanning narxi 442 ming rubldan (7600 dollar) boshlanadi.

To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni Xitoyning Brilliance H230 (7900 dollar) va FAW Oley (8400 dollar) sedanlari egalladi.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: avtomobili, arzon, eng, Ravon, xorijiy, avtomobillar, reytingida ikkinchi o‘rinni egallad, R2, rossiyadagi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя