Главная » 2017 » Август » 7 » Ravon R2 va Nexia Rossiya bozoridagi eng arzon xorijiy markalar beshligiga kirdi
13:36

Ravon R2 va Nexia Rossiya bozoridagi eng arzon xorijiy markalar beshligiga kirdi


Daily Motor avtomobil nashri ekspertlari 2017-yilning avgusti holatiga Rossiya bozoridagi eng arzon chet el markalarini aniqladi, deb yozadi “1news.uz”.

Reytingda birinchi o‘rinni Yaponiyaning Datsun on-Do arzon brendi sedani egalladi, u rossiyaliklarga 436 ming rublga tushadi. Mashina 1,6 litrli, 872 ot kuchiga teng benzinli dvigatel bilan jihozlangan.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarda tegishli ravishda Ravon R2 va Nexia avtomobillari joylashdi. 85 ot kuchiga teng 1,2 litrli motori bo‘lgan Ravon R2’ning narxi 439 ming rubldan, 106 ot kuchiga teng 1,5 litrli dvigateli bo‘lgan Ravon Nexia narxi esa maxsus taklif bo‘yicha 449 ming rubldan boshlanadi.

Reytingning to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarini Xitoyning Brilliance H230 (459,9 ming rubldan boshlanadi) va yana bir “xitoylik” — FAW Oley sedani (491 ming rubldan boshlanadi) egalladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: eng arzon xorijiy markalar, Rossiya bozori, nexia, beshligiga kirdi, Ravon R2 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя