Главная » 2018 » Июнь » 19 » Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi
18:38

Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi


Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov va uning jamoasi ikkinchi turning muhim uchrashuvlaridan biriga tayinlandi. Bu haqda FIFAning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Jahon chempionatlarining mutlaq rekordchisi Ermatov va uning jamoasi mundialning 2-turidan o‘rin olgan Argentina va Xorvatiya uchsrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda Unga qanotlarda Abdihamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov ko‘mak beradi.

Uchrashuv 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da bo‘lib o‘tadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Uchrashuv, boshqaradi, Argentina-Xorvatiya, Ravshan Ermatov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя