Главная » 2021 » Апрель » 12 » Ravshan Ermatov yangi lavozimga saylandi
12:14

Ravshan Ermatov yangi lavozimga saylandi


Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga yangi nomzod saylash bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga Ravshan Sayfuddinovich Ermatov nomzodi ilgari surilgan. Kengash a’zolari tomonidan uning nomzodi bir ovozdan ma’qullangan.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi. U 9 aprel kuni Prezident qarori bilan lavozimidan ozod etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yangi, lavozimga, Ravshan Ermatov, saylandi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя