Главная » 2017 » Март » 31 » Rayhon boshlovchi sifatida yana “MY5” telekanaliga qaytmoqda
22:35

Rayhon boshlovchi sifatida yana “MY5” telekanaliga qaytmoqda


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevni ko‘p qirrali inson sifatida ko‘rish mumkin. Eng avvalo, xonanda, mehribon ona, yaxshi rafiqa va go‘zal raqslar ijrochisi sifatida u minglab muxlislari qalbidan joy olib ulgurgan. Shuningdek, o‘zini aktrisa va boshlovchilik sohalarida ham cinab ko‘rgan. Bu jihatlari bilan kimlargadir yanada yoqqan bo‘lsa, boshqalarning tanqidlariga uchradi.

Ayniqsa, “Milliy” TVdagi “Xit-parad”ni olib borgani juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Va nihoyat u bu yerni ham tark etdi, biroq sababini oshkor qilishni istamadi.

Bizga yaqin manbalarning xabar berishicha, Rayhon boshlovchi sifatida yana “Mening yurtim” (“MY5”) telekanaliga qaytmoqda. Aniqrog‘i, u turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan birgalikda yangi loyiha tayyorlamoqda.

Loyiha haqida aniq axborot olish uchun telekanaliga murojaat qilganimizda telekanal xodimlari bu haqda ma’lumot bera olmasliklarini, lekin Rayhon va Farhod Alimov boshlovchiligidagi yangi loyiha qilinishi rejalashtirilayotganini aytib o‘tishdi.

Bu loyiha ikki xil, ya’ni rus va o‘zbek tillarida tayyorlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rayhon “Milliy” TVdagi “Xit-parad”ni olib borishidan avval, “Mening yurtim” (MY5) telekanalida “Love Story” dasturiga boshlovchilik qilgan edi.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon, MY5 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя