Главная » 2017 » Апрель » 24 » Rayhon erining bolalariga ham onalik qilmoqda
13:09

Rayhon erining bolalariga ham onalik qilmoqda


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘ining farzandlari bilan aloqalari yaxshi emasligi haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Bu, tabiiyki, xonandaga yoqmagan. U oilaviy surat va kinoyali she’r bilan ushbu mish-mishlarga javob berdi.

Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va ularning farzandlari birgalikda oilaviy fotosessiya o‘tkazishdi. Suratlar orqali Rayhon turmush o‘rtog‘ining farzandlari bilan munosabatlari yaxshi ekanini isbotladi. “It hurar – karvon o‘tar” mazmunidagi rus tilida yozilgan she’r orqali xonanda bu kabi gap-so‘zlar ularning ahilligiga rahna sola olmasligiga ishora qildi.

Farhod Alimov esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali oilaviy baxtli hayoti haqida post yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon G‘aniyeva 2016 yilning noyabr oyida Farhod Alimov bilan turmush qurgan.

Rayhon birinchi turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida 2015 yilning yanvar oyida rasman xabar qilgandi. Ularning Islom va Imron ismli egizak o‘g‘illari bor.

Farhod Alimov ham 2016 yilning may oyida rafiqasi bilan 8 yillik turmushdan so‘ng ajrashgan. Ularning Bernara, Umar va Latifa ismli uch farzandi bor.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: onalik qilmoqda, eri, HAM, Bolalar, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя