Главная » 2017 » Январь » 20 » Rayhon Farhod Alimov qaysi xislatlari bilan uning hurmatini qozongani haqida gapirdi
10:57

Rayhon Farhod Alimov qaysi xislatlari bilan uning hurmatini qozongani haqida gapirdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Darakchi” gazetasi bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ko‘plab savollarga javob berdi. Jumladan, u yangi turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovning qaysi xislatlari uning hurmatiga sazovor bo‘lganini aytdi. 

“Birinchi navbatda, uning haqiqiy erkaklarga xos xislatlar egasi ekanini hurmat qilaman. Uning ko‘ngli tozaligi va samimiyligi mehrimni qozongan. 
Ayni vaqt ko‘nglimda qo‘shiqlarimda muhabbat  hislarini tuyib yashayotganim uchun unga ming rahmat”,—deydi Rayhon. 

Shuningdek, Rayhon konsert banneridagi suratlar ham uning ayni paytdagi ruhiy holatiga hamohang ekanligini ham ma’lum qildi: 

“Bannerdagi gullar bezagi unda muhabbat, bahor yashirin ekanini bildirib turibdi. Bahor, bu — sevgi! Daraxtlar gullashi bilan birgalikda inson qalbi ham chiroyli gullar ifori bilan to‘lishidir. Bu suratim bilan mening ham yuragimda ana shunday iliq va yoqimli kechinmalar yashayotganini aytmoqchi bo‘ldim”.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Farhod Alimov, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя