Главная » 2016 » Ноябрь » 28 » Rayhon G‘aniyeva: “Oyi, uchrashamiz endi mahsharda”
17:28

Rayhon G‘aniyeva: “Oyi, uchrashamiz endi mahsharda”


Bundan 4 yil avval, 2012 yilning 22 fevral kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning onasi Tamara Shakirova og‘ir xastalik sabab olamdan ko‘z yumgan edi
 
1955 yilning 26 noyabrida tavallud topgan Tamara Shakirova hayot bo‘lganida, 61 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.  
 
Rayhon G‘aniyev onasining tavallud kunida uni yana bir bor muxlislari yodiga soldi va Instagram’dagi sahifasiga volidasiga atalgan she’rni joylashtirdi:
 
Yana uyimizda joyingiz bo‘m-bo‘sh,
Ishdan qaytganimda, eshik ochmaysiz.
Jilmayasiz asta, uyg‘onaman, tush...
Bilaman, hech qachon bizdan kechmassiz!
Olislarda kuzatib turasiz siz jim,
Qutqarasiz bizni qayg‘u, xatardan.
Mangu farishtamsiz, bilar yuragim...
Oyi, uchrashamiz endi mahsharda...
 
2012 yilning 19 fevralida, Rayhonning yakkaxon konserti ilk kunida Tamara Shokirovaning ahvoli og‘irlashgandi. O‘shanda u birinchi bor qizining konsertiga kela olmadi. Bir necha kun davom etgan konsert dasturi muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olingach, Rayhon G‘aniyev muxlislar iltimosini inobatga olgan holda konsert dasturini yana bir kunga uzaytirdi. Biroq konsert uzaytirilgan kun – 22 fevralda Tamara Shakirova saraton kasalligi tufayli vafot etdi. O‘shanda u 56 yoshda edi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon G‘aniyeva | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя