Главная » 2017 » Июнь » 30 » Rayhon ham 1 millionlik “dovon”ni bosib o‘tdi
22:06

Rayhon ham 1 millionlik “dovon”ni bosib o‘tdi


Hozirda xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan Yevropa bo‘ylab sayohat qilmoqda. Ha, xonandaning yozgi ta’tili maroqli o‘tayotganini ijtimoiy tarmoqlarga, xususan, Instagram sahifasiga joylayotgan suratlaridan ham sezish mumkin. Instagram xonandaning quvonchiga yana bir karra quvonch bag‘ishladi, desak, adashmagan bo‘lamiz. Sababi, Rayhonning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni endi 1 millionni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahzoda (Zilola Musayeva) o‘zbek xonandalari ichida Instagram’da 1 million kuzatuvchisi bor yagona yulduz bo‘lgan edi. Hozirda uning kuzatuvchilari soni 1,3 mln.

Kuzatuvchilar soni bo‘yicha Shahzodadan keyingi o‘rinni aktrisa va xonanda Asal Shodiyev egallagan edi. Hozirda uning ham kuzatuvchilari 1 mln.ni tashkil qiladi.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя