Главная » 2017 » Январь » 20 » Rayhon konsertiga kimning kelishini intiqlik bilan kutyapti?
10:57

Rayhon konsertiga kimning kelishini intiqlik bilan kutyapti?


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida konsertga tayyorgarlik jarayoni, unda kutilayotgan syurprizlar va o‘g‘illarining qiziqishlari, ularning bog‘chadagi kun tartibi haqida so‘zlab berdi. 

Xususan, Rayhon konsertiga kimning kelishini intiqlik bilan kutayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: 

“Bu yil o‘g‘illarim ilk bor konsertimga tashrif buyurishadi. Shuning uchun ham balki oldingilaridan ko‘proq hayajonlanayotgandirman”

Rayhon o‘g‘illarining bog‘chaga borishiga uzoq vaqt ko‘nika olmaganini ham aytib o‘tdi: 

“To‘g‘risini aytsam, boshida ikki hafta ularni o‘zim bog‘chaga olib borib, eshik ortida nimalar qilishyapti ekan deb kuzatib turardim. O‘g‘illarimdan ko‘ra ularning yangi hayot tarziga mening o‘rganishim qiyin kechdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Turli xavotirlar meni tinch qo‘ymasdi. Keyin esa bog‘cha mudirasi bilan suhbatlashib, ona sifatida ularning fikr-mulohazalarini tinglab, o‘zimni qo‘lga olganman. Mudira aytgandek, men ularni hayotlari doim nazorat qilolmayman. Eng yaxshisi ularning xavfsizligini Yaratganing o‘ziga ishonish. Aynan shu so‘zlardan so‘ng tinchlanib, vaziyatni qo‘yib yubordim. Hozir esa ular maroq bilan bolalar bog‘chasiga borib kelishadi. Bundan men ham xursandman”.

Ma’lumot uchun, Rayhonning yangi konsert dasturi 20-24 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя